“Faqat HA” Viktorinasining “Yangi Yil Sovgasi” Yangi Yil Aksiyasi Shartnomasi
1. Tavsif
“Faqat HA” viktorinasi doirasida 2022-yil 1-dekabrdan 31-dekabrgacha boʻlgan davrda “Yangi Yil Sovgasi” Yangi Yil Aksiyasini o‘tkazish nazarda tutilgan. Aksiyada “Faqat HA” viktorinasining barcha mavjud va yangi foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin.
"Faqat HA" viktorinasining mavjud oylik sovriniga qo‘shimcha ravishda, “Yangi Yil Sovgasi” Yangi Yil Aksiyasining Super mukofoti va Yangi yil aksiyasi davrida 3-o‘irn uchun sovrin taqdim etiladi.
"Faqat HA" o‘yin-viktorinasining shartlari o‘zgarmaydi. Foydalanuvchilar viktorinada barcha mavjud qoidalarga muvofiq ishtirok etadilar.
“Faqat HA” viktorinasi Yangi Yil Aksiyasi lotereya, rag’batlantiruvchi lotereya yoki boshqa rag’batlantiruvchi tadbir yoxud qimor o’yini xavfiga asoslangan o‘yin hisoblanmaydi, reklama xususiyatiga ega bo‘lib, abonentlarning qo’shimcha xizmatlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o’tkaziladi.
Operatorning barcha abonentlari Aksiya o’tkazilishi va shartlari to’g’risida SMS-xabarlar va/yoki operator va kontent-provayderning boshqa ilgari surish kanallari orqali xabardor qilinadi.
Aksiya 2022-yil 1-dekabr soat 00:00dan 2022-yil 31-dekabr soat 12:00gacha o‘tkaziladi.
Davr oxirida eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar g’olib deb topiladi va mukofotlanadi.
2. Viktorinaning sovrinlari va Yutish shartlari
2022-yil 1-dekabr soat 00:00dan 2022-yil 31-dekabr 12:00gacha bo‘lgan davrda eng ko‘p ball to‘plagan abonent Yangi yil aksiyasining Super mukofoti – iPhone 14 Pro 128GB.
“Faqat HA” viktorinasining shartlariga muvofiq 2022-yil 1-dekabr soat 00:00dan 2022-yil 31-dekabr 12:00gacha bo’lgan davrda jami to’plagan ballari yi’g’indisi bo’yicha ikkinchi o’rinni egallagan ishtirokchi “Faqat HA” viktorinasining 10 000 000 so’m miqdoridagi oylik sovrini g‘olibiga aylanadi.
2022-yil 1-dekabr soat 00:00dan 2022-yil 31-dekabr 12:00gacha bo‘lgan davrda jami to’plagan ballari yi’g’indisi bo’yicha 3-o’rinni egallagan ishtirokchi 5 000 000 so‘m miqdorida mukofotlanadi.
Barcha sovrinlarning g‘oliblari to‘plangan ballar soniga ko‘ra aniqlanadi. Bitta abonent faqat 1ta sovringa egalik qilishi mumkin.
Natijada dekabr oyi oxirida eng ko‘p ball to‘plagan 3ta obunachi g‘olib sifatida tanlanib, sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
I o‘rin: iPhone 14 Pro 128GB (Yangi Yil Aksiyasining Super Sovrini)
II o‘rin: 10 000 000 so‘m (“Faqat HA” viktorinasining amaldagi oylik sovrini)
III o‘rin: 5 000 000 so‘m
Izoh:
-
Durang natija qayd etilgan taqdirda (ikki yoki undan ortiq ishtirokchi o‘yin paytida bir xil ball o‘eplagan bo‘lsa), g‘olib sifatida boshqalardan oldin savollarga javob bergan va masalalarni yechgan ishtirokchi tanlanadi.
-
Agar g‘olib sovrinni olishdan bosh tortsa yoki ma’lum bir muddat ichida u bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmasa, rasmiy shartlarga ko‘ra sovrin ikkinchi g’olibga taqdim etiladi. Agar ikkinchi g‘olib o‘z sovrinini ololmasa, sovrin G‘olib aniqlangunga qadar keyingi g‘olibga beriladi.
*Taqdim etilayotgan xizmat doirasida sovrinlar yetkazib berilmaydi. G‘olib ularni Kontent-provayder ofisida yoki Kontent-provayder tomonidan belgilangan joyda qabul qilib oladi.
* Aksiya Gʻoliblariga pulli yutuqlar, Gʻolibning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Qoidalarga muvofiq hisob egasi Aksiya Gʻolibi deb topilgan Ishtirokchi boʻlishi lozim. Pul yutugʻini hisobga oʻtkazish Qoidalarga muvofiq Gʻolib tomonidan barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda yutuq qoʻlga kiritilgan kalendar oyidan 45 (qirq besh) ish kuni davomida amalga oshiriladi. Sovrindor tegishli hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Pul mukofotini naqd pul bilan berish amalga oshirilmaydi.
Kontent-Provayder Oʻzbekistonda amaldagi soliq va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston soliq xizmati organlariga Gʻolib va yutuq miqdori haqidagi axborotni taqdim etadi. Aksiya Gʻoliblari Oʻzbekistonda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Aksiyada qatnashganlik uchun sovrin koʻrinishidagi daromad olganlik munosabati bilan Oʻzbekistonda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan soliq va yigʻimlarni toʻlashni oʻz zimmalariga oladilar. Shu munosabat bilan Kontent-Provayder (yoki uning vakili) Oʻzbekiston Soliq Kodeksiga muvofiq Gʻolibning soliq agenti sifatida harakat qilgan holda Gʻolibga toʻlanishi lozim boʻlgan yutuq summasidan amaldagi qonunda belgilangan stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblaydi va ushlab qoladi. Soliq summasi Kontent-Provayder (yoki uning vakili) tomonidan Gʻolib nomidan tegishli byudjetga oʻtkaziladi.
Viktorina ushbu hujjatda nazarda tutilgan tartib, muddat, shartlar va tartib-tamoyillarga muvofiq o‘tkaziladi.
Viktorina shartlari va qoidalari Operator Abonentlariga qaratilgan ommaviy oferta hisoblanib, Abonent ularga rozilik bildirgan paytdan boshlab Abonent va Kontent-provayder o‘rtasida xizmatni ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga aylanadi. Abonentning SMS yoki USSD kod orqali xizmatga ulanishi uning roziligini bildiradi.
3. Kalendar muddati
“Faqat HA” viktorinasining “Yangi Yil Sovgasi” Yangi Yil Aksiyasi 2022-yil 1-dekabr soat 00:00dan 2022-yil 31-dekabr soat 12:00gacha taqdim etiladi.
“Faqat HA” viktorinasi 10.01.2020-yil soat 00:00:01dan boshlab taqdim etiladi va www.faqatha.uz internet-resursida e’lon qilingan Viktorina shartlariga muvofiq davom etadi.
4. Qoidalarni oʻzgartirish
KONTENT-PROVAYDER va OPERATOR
mazkur Shartlar va qoidalarni bekor qilish, toʻxtatib turish yoki oʻzgartirish, shuningdek kompensatsiya huquqisiz hamda birlamchi xabardor etish majburiyatisiz ushbu KONTENT-XIZMATNI tashkil etish va/yoki boshqarish huquqini oʻzida saqlab qoladi, har qanday oʻzgarishlar ular kiritiladigan sanagacha
mazkur Shartlarga qoʻshimcha hujjat tuzish orqali jamoatchilik e’tiboriga yetkaziladi.
5. Yakuniy qoida
"Faqat HA" viktorinasi "Shartlari va Qoidalari"ning qolgan barcha bandlari o‘zgarishsiz, o‘z kuchida qoladi.
*Ushbu hujjat 2022-yil 30-noyabrdan kuchga kiradi.
*Ushbu hujjat “Faqat HA” Viktorinasining "Shartlari va Qoidalari" hujjatining bir qismidir
Sizga yordam berish uchun shu yerdamiz:
Mijozlarni qo'llab-quvvatlash bo'limi ochiq: dushanbadan shanbagacha soat 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 2008202
© 2022 barcha huquqlar himoyalangan